Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi - davlatlar yosh yetakchilarining "Raqamli hamkorlik" mavzusida xalqaro anjumani
"MDH iqtisodiy rivojlanish Biznes Markazi" Assotsatsiyasi, Prezident grantlari fondi va MDH Ijroiya qoʻmitasi koʻmagida MDH raqamli rivojlanish qoʻmitasi 2021-yilning 15-iyunidan 10-oktabriga qadar Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi - davlatlar yosh yetakchilarining "Raqamli hamkorlik" mavzusida xalqaro anjumanini oʻtkazadi
http://digitalformat.org/
MDH "Raqamli hamkorlik" xalqaro anjumani - bu Rossiya Federatsiyasida va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining toʻlaqonli aʼzo davlatlarida istiqomat qiluvchi 8-11-sinf oʼquvchilari, talabalar, yosh olimlar, muhandislar va IT mutaxassislari, (loyihaning maqsadli auditoriyasi) uchun moʻljallangan ijtimoiy-maʼrifiy tadbirdir.
Anjuman ishtirokchilari va spikerlar geografiyasi:

  • Rossiya Federatsiyasi (Rossiya Federatsiyasining 85 ta region-subyektlari, shu jumladan: 22 ta respublika, 9 ta oʻlka, 46 ta viloyat, 3 ta federal maqomga ega shahar, 1 ta avtonom viloyat, 4 ta avtonom okrug),
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining (MDH) haqiqiy va bogʻliq aʼzolari: Belorusiya Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston, Ukraina.

        Xalqaro anjuman 2021-yil davomida izchil amalga oshiriladigan bir nechta bosqichlardan tashkil topgan:
        1
        15-iyundan
        taʼlim dasturi, pre-akselerator,
        2
        avgust
        xakaton
        3
        22 iyundan – 06 sentabr
        onlayn-akselerator
        4
        21–23 oktabr kunlari
        loyihalarning "virtual koʻrgazmasi" raqamli forumi, MDH mamlakatlari uchun IT-yechimlar "Raqamli nominatsiya" xalqaro mukofoti.
        Xakaton va akseleratorning texnologik treklari
        raqamlashtirish va universal raqamli texnologiyalarni joriy etish taʼsirida yangi jahon bozorlarining shakllanishini aks ettiruvchi 27 ta treklardir:

        FinTech, EdTech, FashionTech, AgroTech, Creative Industries, HealthTech/MedTech, FoodTech, MarTech (Marketing&Communications), LifeTech, RetailTech, TravelTech&Tourism, Industrial/PipeInsustryTech, Robotics, GameDev, AI&Cyber&DataScience, HRtech, Transport&Mobility, PetTech, EcoTech, ArtTech, SocialTech, AntiCovid, CultureCode, BuildTech, EngineeringTech, Biomedtech, CityTech.
        Anjuman vazifalari

        • MDH bozorlarida isteʼmolchilar orasida talabga ega turli tayyorgarlik bosqichlaridagi raqamli texnologiyalarga oid loyihalarni shakllantirish boʻyicha oʻquv dasturi.
        • MDHning innovatsion, raqamli va texnologik rivojlanishi haqida yetakchilar muloqoti.
        • Yangi texnologiyalar, yangi bozorlar, raqamli texnologiyalar boʻyicha tajriba almashish.
        • MDH mamlakatlari iqtisodiyotida yechimlarni joriy etish bilan shugʻullanuvchi raqamli loyihalar ishlab chiquvchilarning millatlararo, davlatlararo jamoalarni shakllantirish.
        • MDHning innovatsion infratuzilmasi subyektlari (biznes-inkubatorlar, akseleratorlar, texnoparklar, ijtimoiy innovatsiyalar markazlari va boshqalar) boʻyicha xalqaro loyihalar, jamoalar, tadqiqotchilarning "softlanding" dasturi.
        • "Raqamli hamkorlik" uchun eng yaxshi amaliyot - raqamli mahsulotlar, xizmatlar, platformalar sifatida ilmiy-texnikaviy rivojlanishni kuchaytirish uchun yuqori texnologik loyihalarni (shu jumladan ijtimoiy innovatsiyalarni) izlash.
        • Raqamli yuqori texnologik loyihalarni rivojlantirishda hamkorlar va maqsadli auditoriya oʻrtasida hamkorlik ekotizimini rivojlantirish.
            Anjuman doirasida birinchi marta MDH mamlakatlari uchun IT-yechimlar "Raqamli nominatsiya" xalqaro mukofoti - biznesda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanuvchi loyiha jamoalari uchun MDH Raqamli rivojlanish qoʻmitasining mustaqil mukofoti taqdim etiladi. Mukofot raqamli transformatsiya sohasidagi keyslar uchun taqdim etilgan turli bosqichlardagi yuqori texnologik loyihalarga ega kompaniyalarga beriladi. "Raqamli mukofot" nomzodlari MDH Raqamli rivojlanish qoʻmitasi tomonidan amalga oshirish uchun tavsiya etilgan loyihalar sifatida alohida maqomga ega boʻladilar va "Eng yaxshi digital amaliyot" yorligʻiga ega boʻladilar.
            Anjuman loyihalarining virtual koʻrgazmasi MDHdagi doimiy amal faoliyat olib boruvchi raqamli navigator va raqamli transformatsiyalar keyslari xaritasi hisoblanadi. Formatning oʻziga xos xususiyati shundaki, onlayn vitrina mahsulotning haqiqiy "testerlari" tomonidan taqdim etilgan 3d -sharhlar va video-sharhlar bilan toʻldiriladi. Loyihalarning virtual koʻrgazmasi birinchi marta 2021-yilning sentabr oyidan ish boshlaydi va doimiy ravishda zamonaviy loyihalar bilan yangilab boriladi.
                  Anjuman taʼlim dasturining mavzulari:
                  • "Yakkashoxga aylaning" - pre-seed bosqichidan MDH bozorlariga qadar innovatsion vositalar
                  • Xakaton maktabi - qanday qilib xakatoningizni tashkil qilish va amalga oshirish haqida
                  • Dunyodagi texnologik trendlar va trendvotching
                  • Yangi bozorlar va yakkashoxlar klubi
                  • LifeTech - jamiyat uchun texnologiyalar, ijtimoiy innovatsiyalar, ijtimoiy tadbirkorlik va impact investing
                  • "Qanday qilib oʻrganishni oʻrganish haqida" - rahbarlar va yosh olimlar uchun softskills
                  • Startap uchun intellektual mulk - steykxolderlar, axborot tizimlari turlari, jarayonlar, startap bosqichlari boʻyicha IS-SWOT
                  • Kiberxavfsizlik va raqamli suverenitet - Internet foydalanuvchisi sifatida kundalik masalalardan tortib yangi CyberTech bozori uchun yangi texnologiyalar va startaplar ishlab chiqishgacha
                  • Rossiya milliy loyihalari - startaplar va yuqori texnologiyali biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari, Rossiya va MDH mamlakatlaridagi yosh olimlar uchun imkoniyatlar
                  • MDH yetakchilari uchun softskills - muzokaralar olib borish va biznesdagi ziddiyatlarni boshqarish, taym-menejment
                  • Universitetdagi startapingiz
                  • Digital loyihalar va innovatsion marketing
                  • Rossiya va MDH mamlakatlarida innovatsiyalar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun infratuzilma - pre-seed bosqichidan eksportgacha boʻlgan loyiha bilan qayerga borish kerak
                  • FinTech va moliyaviy savodxonlik
                  • Loyiha uchun manbalarni qayerdan olish mumkin - manbalar matritsasi va algoritmlar
                  • Startap iqtisodiyoti yuniti
                    #DIGITALCIS #RAQAMLIHAMKORLIK #MDHYETAKCHILARI #CISLEADERS
                    #MDHRAQAMLIRIVOJLANISH #YAKKASHOXGAAYLAN
                    Xalqaro anjumanning barcha bosqichlarida ishtirok etish bepul.

                    Ishtirokchilar xohishlariga qarab istalgan bosqichda roʻyxatdan oʻtishlari va har bir bosqichda ishtirok etishlari mumkin.

                    Loyiha doirasidagi tadbirlar masofaviy formatda - ishtirokchilarning (maqsadli guruhlar) onlayn muhitga kirishi orqali amalga oshiriladi.
                    Anjumanga DIGITALFORMAT.ORG saytida Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.